Artist: → Farhodbek
Sur’ating ustiga qo’ndi kapalak
Balki artayotgandur dard ko’z yoshlarin
Yoki ko’nglim olmoqchidur qilib jon halak
Yupatmoqchidurda jonsiz umidlarim
Bormi imkon deya unga aytsam bir savol
Javobini topmoqlikga yetmaydi umri
Netay ketdi bu dunyodan yorim ko’z yumib
Qaytarishga ham ojiz endi ming duo
Yuragimni olib ketdi endi shuncha dard-mi?
Tashlab ketibti o’rniga shunchaki bir xatni
Yig’lab so’zlaring o’qib beraman savol
Hech bo’lmasa tushlarimda bersaydi javob
Ozor bergan edi kim, aytinglar kim ?
Yashar edik-ku ahir beozor jim
Aytmaganmidi nahot bormidi dardi
To’yib nafas olishga yo’qmidi xaqqi
Men o’zimda afsus endi bo’lolmayapman
Yosh bo’ldim oxir borib tinolmayapman
Bir paytlari uni quchib aytgan so’zimni
Endi qabrin quchib aytolmayapman
Gulim-gulim dona Gulim
Osmonlarga uchib ketdi, dona gulim
Jannating uchun qilay nola gulim
Gulim…
Gulim-gulim, dona Gulim
Yana ko‘zlaring ko‘rsaydim zora gulim
Bu dunyoga to‘ymay ketdi,dona Gulim
Gulim…
So’ngi bora xolim so’rab qilgan qo’ng’iroq
Balki hayol parishondir buni bilmapman biroq
Shu raqaming ko’rganimda tortayapman faryod
Menga aziz bo’lib qoldi o’tkazilgan qo’ng’iroq
Kechagina yurgan edi kulib yurib qarshimda
Bir siltadi hayot uni endi tuproq qo’ynida
Bu holatga chidolmadim topolmadim jur’at
Ey tangrim ayt o’zing shumi haqiqat
Yona yona, yona yonib ketdida yurak yana
Azobi ketarmikan usiz hayotim xor bo’lar ekan
Bora bora, bora unutilib ketsada kunlar
Yozgan u xating asragayman, yuragimni o’rniga bog’lab
Gulim-gulim dona Gulim
Osmonlarga uchib ketdi, dona gulim
Jannating uchun qilay nola gulim
Gulim…
Gulim-gulim, dona Gulim
Yana ko‘zlaring ko‘rsaydim zora gulim
Bu dunyoga to‘ymay ketdi,dona Gulim
Gulim…